1

Muslimbek Yo`ldoshev qalamiga mansub "​Suxandonlar" kitob taqdimoti o`tkazildi

Madaniyat 10.02.2018, 10:08
Muslimbek Yo`ldoshev qalamiga mansub "​Suxandonlar" kitob taqdimoti o`tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali suxandon Muslimbek Yo`ldoshev qalamiga mansub "Suxandonlar" kitob taqdimoti o`tkazildi. Mazkur kitob yaqinda “Ijod-press” nashriyoti tomonidan chop etildi, deb yozadi O`zA.

Muslimbek Yo`ldoshev qirq yildan buyon televidenieda diktor sifatida faoliyat ko`rsatadi. U nafaqat oliy toifali suxandon, balki iqtidorli ijodkor hamdir.

– Televideniedagi faoliyatim juda samarali va qiziqarli bo`lgan, – deydi Dilfuza G`ulomova. – Bu lahzalar men uchun juda shirin xotiralarga aylangan. “Studentlik oltin davrim”, “Sening zamondoshing”, “G`azalxon yoshligim”, “Qizlar davrasi” kabi ko`rsatuvlarda boshlovchilik qilganman. Tibbiyot sohasiga o`qishga kirib, ilmiy ish yoqladim, lekin baribir mening hayotim televidenie bilan bog`langan ekan. Keyin ko`p yillar “Sihat-salomatlik” ko`rsatuvida boshlovchilik qildim.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon va “Meros” milliy qo`shiklar ansambli ijrosidagi dilrabo kuy-qo`shiqlar barchaga ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1