Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o`tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o`yinlarida xotin-qizlar chang`i poygasining skiatlon yo`nalishi bo`yicha bahslarda g`oliblik uchun kuch sinashdilar.
Shvesiyalik Sharlott Kalla 15 kilometr masofaga o`tgan mazkur poygada Olimpiya o`yinlarining oltin medalini qo`lga kiritdi. Shuningdek musobaqada norvegiyalik Marit Borgen kumush finlyandiyalik Krista Pyarmyakoski bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Shu taqriqa Sharlott Kalla XXIII qishki Olimpiya o`yinlarining birinchi oltin medali bilan taqdirlangan sportchiga aylandi.