O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva egizak farzandli bo`ldi.
Hozirgina xonanda Nilufar Usmonova o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Rayhon G`anievaning egizak farzand ko`rgani haqida xabar qoldirdi.
Xonandaning barcha muxlislariga Rayhonning ikki o`g`il farzand ko`rgani ajoyib xushxabar bo`ldi.
Sayyod.com nashriga san`atkorning o`zi bu haqda shunday deydi:
"Bugun egizakni dunyoga keltirdim. Bu yangilikni hech kimga aytmagandik, faqat qarindoshlar bilardi. Ikki o`g`limdan biri kichikroq tug`ilgani bois, hozir unisi barokamerada va men judayam xavotirdaman. O`g`illarimni Islom va Imron deya nomladik!"
“O`g`illar muborak bo`lsin @rayhonganieva umri risqi bilan bergani rost bo`lsin” deya xabar qoldirgan Nilufar o`z sahifasida.
Biz ham tahririyatimiz nomidan xonanda Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonovni ushbu baxtli kun, ikki karra baxt bilan tabriklab, ularga farzandlari kamolini ko`rishlarini tilab qolamiz.





