1

Abdulaziz Komilov Pokiston TIV rahbari bilan uchrashdi

Siyosat 13.02.2018, 11:12
Abdulaziz Komilov Pokiston TIV rahbari bilan uchrashdi

Kecha, 12 fevral kuni Islomobod shahriga tashrif buyurgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog`ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O`zbekiston-Pokiston munosabatlarining kun tartibi va BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashildi.

O`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yishga, avvalo savdo-iqtisodiy, investision, transport-kommunikasiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni mustahkamlashga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Qo`shni Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`lga o`tishi mintaqaviy hamkorlikni faolroq rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Shu nuqtai nazardan Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiyada ko`rib chiqishga kiritilayotgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda vazirlar tomonidan 2018 yili bo`lib o`tadigan turli darajalardagi O`zbekiston-Pokiston uchrashuvlari jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1