1

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar bo`yicha Prezident farmoyishi qabul qilindi

Siyosat 13.02.2018, 11:17
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar bo`yicha Prezident farmoyishi qabul qilindi

O`zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish to`g`risidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishda qayd etilishicha yurtimizda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun bazaviy infratuzilma hamda ulkan imkoniyatlar mavjud.

Shu bilan birgalikda so`nggi yillarda kosmonavtika sohasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan, xalqaro hamkorlik to`xtatilgan, infratuzilma esa hozirgi kun talabiga javob bermaydi.

Farmoyish bilan tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ishchi komissiya tuzilmoqda.

Komissiya bir qator vaziflar bilan birgalikda kosmik va sputnik texnologiyalarni joriy etish bo`yicha texnik iqtisodiy loyihalarni kompleks tahlil qiladi, mazkur texnologiyalarni o`ziga xos jihatlarini o`rganadi, sputnik aloqasi bo`yicha milliy tizimni yaratish bo`yicha aniq takliflar ishlab chiqadi.

Hujjatning to`liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1