Tojikiston poytaxtida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning bahor fasliga mo`ljallangan ilk davlat tashrifiga qizg`in tayyorgarlik ketmoqda.
Davlat rahbarining tashrifi hamda prezidentlarning uchrashuvi Tojikiston va O`zbekiston san`at ustalarining birgalikdagi qutlov konserti bilan nishonlanadi. Bu haqda TojikTAning respublika Madaniyat vazirligidagi manbasi ma`lum qildi.
Xabar qilinishicha, Tojikiston va O`zbekiston san`at ustalarining birgalikdagi konserti "Do`stlik oqshomi" deb nomlanadi. Unda taniqli xonandalar, sozanda va raqqoslar ishtirok etadi.
O`zbekiston rasmiy delegasiyasi, Tojikiston hukumati va parlamenti a`zolari. Diplomatik korpus vakillari tomoshabinlar orasidan joy oladilar.