5 may kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva egizak farzandli bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan Rayhonni kechaning o`zida estradamizning deyarli barcha vakillari tabriklashdi.
Quyidagi videoni Rayhon o`zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Unda Rayhonni Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov, Farruh Ahmedov, Shoxruhxon, Aziz Rametov va boshqa hamkasblari jo`r bo`lib tabriklashgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda egizaklarning onasini Munisa Rizaeva, Zarina Nizomuddinova, Shahzoda Muhammedova, Dilso`z, Ruxshona kabi hamkasblari tabriklashgan.





