1

Shavkat Mirziyoev AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi

Siyosat 15.02.2018, 14:28
Shavkat Mirziyoev AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Prezidenti Floridadagi Marjory Stoneman Douglas maktabida sodir bo`lgan jinoyat oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoev qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik so`zlarini izhor etdi, jarohatlanganlarga tez fursatda sog`ayishni tiladi.

Eslatib o`tamiz, Floridadagi maktabda sodir bo`lgan otishma oqibatida 17 nafar odam halok bo`lgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1