1

Ronald Jeyms Pollett: O`zbekiston har tomonlama ulkan salohiyatga ega mamlakat

Siyosat 16.02.2018, 09:33
Ronald Jeyms Pollett: O`zbekiston har tomonlama ulkan salohiyatga ega mamlakat

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan AQShning etakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral elektrik" korporasiyasi vise-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar va o`zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:

– Avvalo, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul, mazmunli va samarali muloqot uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Men O`zbekiston Prezidenti bilan uchinchi marotaba uchrashyapman. Bugungi uchrashuvda Prezident Janobi Oliylari kompaniyamiz O`zbekistonga nafaqat yuqori texnologiyali uskunalar etkazishi, balki ularni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o`rganish, global ta`lim resurslari va "Jeneral elektrik" kompaniyasi mezonlaridan foydalangan holda mutaxassislar tayyorlash, malakasini oshirishga oid dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida to`xtaldi.

O`zbekistonda ro`y berayotgan barcha o`zgarish va yangilanishlarni, mamlakatning xalqaro hamjamiyat bilan teng sheriklik asosidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi sa`y-harakatlarini alohida qayd etmoqchiman. O`zbekiston xalqi azaldan bilimi, mehnatkashligi va yuksak salohiyati bilan mashhur. Biz mana shunday keng imkoniyatlarga ega mamlakatda faoliyat boshlagan xorijiy kompaniyalardan biri bo`lganimizdan mamnunmiz.

Keyingi vaqtlarda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli iqtisodiy islohotlar, sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investisiyaviy muhit va imtiyozlar AQSh ishbilarmonlarining ham mamlakatingiz bilan uzoq muddatli va o`zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qiziqishini oshirmoqda. Xususan, valyuta siyosati, jumladan, erkin konvertasiya tizimi joriy etilgani, aeroportlarda "yashil yo`lak" yo`lga qo`yilgani xorijlik ishbilarmonlar va sayyohlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

O`zbekiston menga juda yoqadi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar haqida ko`p o`qiganman. Qani edi, imkoni bo`lsa, bemalol tomosha qilardim. Bu mening orzuim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1