AsosiyDunyo

Braziliyaning eng baland bo`yli qizi turmushga chiqmoqda (FOTO)

Braziliyaning eng baland bo`yli qizi endi dunyoning eng bo`yi baland kelini bo`ladi, deb yozadi The Daily Mail nashri. 

Bo`yi 203 santimetr bo`lgan Elizani da Kruz Silva 3 yildan beri bo`yi 162 santimetrli Fransilnaldo bilan uchrashib yuradi. Bo`ydagi 40 santimetrlik farq hech qachon ular o`rtasida muammo bo`lmagan. U tiz cho`kkan holda 18 yoshga to`lgan Elizani qo`lini so`radi.

Bu juftlik yaqin orada nikoh marosimini o`tkazishni rejalashtirgan. Ammo, ular Elizaning gigantizm xastaligi sababli farzand ko`ra olmasliklaridan havotirdalar. Ammo barcha qo`rquvlarga qaramay, ular bir oila bo`lib yashashlarini intizorlik bilan kutishmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar