1

Shavkat Mirziyoev Buxoroda qorako`lchilik bo`yicha institut va jamg`arma tashkil etish yuzasidan topshiriq berdi

Siyosat 16.02.2018, 17:09
Shavkat Mirziyoev Buxoroda qorako`lchilik bo`yicha institut va jamg`arma tashkil etish yuzasidan topshiriq berdi

Buxoro tumanida viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti o`tkazildi. Chorvachilik, parrandachilik, ipakchilik, echkichilik, asalchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, paxta maydonlarini qisqartirish va meva-sabzavot etishtirishni ko`paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan rejalar haqida ma`lumot berildi.

Shavkat Mirziyoev qorako`lchilikni rivojlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratdi. Buxoro qorako`lchilikning asl vatani ekani, mahalliy aholi ilgaridan bunday mahsulotlarni butun dunyoga sotib, katta daromad topganini qayd etdi. Bu sohada yo`qolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash, cho`pon va tikuvchi hunarmandlarni qo`llab-quvvatlash zarurligini ta`kidladi. Qorako`lchilik bo`yicha institut va jamg`arma, Buxoroda zavod tashkil etish yuzasidani topshiriqlar berdi.

Yan

Yana bir diqqatga sazovor loyiha – tut bargidan foydali choy ishlab chiqarishga doir. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam. Vitamin va minerallar esa, aksincha, ko`proq.

Prezidentimiz bu loyihani ma`qullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import o`rnini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini ta`kidladi.

Buxoroda o`rmon xo`jaligi yo`nalishida ham katta imkoniyatlar mavjud. Yurtimizda o`sadigan shifobaxsh ne`matlar ko`plab sohalarda keng qo`llaniladi. Xususan, sistanxe va isiriq o`simligiga xorijiy farmasevtika korxonalarida talab yuqori. Birgina sistanxening dorivor xususiyati jenshen o`simligiga qaraganda besh barobar yuqoriligiga e`tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoev bunday tabiiy imkoniyatlarni to`la ishga solish orqali yangi ish o`rinlari yaratish, eksportni ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1