Forbes jurnali dunyoning eng ko`p daromad olgan futbolchilar ro`yxatini tuzib chiqdi. Unga ko`ra portugaliyalik Krishtianu Ronaldu birinchi o`rinni egalladi.
Futbolchi o`tgan yili 73 million AQSh dollar daromad olgan. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda. Shudan 49 millioni klubdagi maosh va bonuslardan kelib tushgan bo`lsa, qolgani Nike, Samsung, Tag Heuer, Fly Emirates, Herbalife reklamalaridan olingan.
65 million AQSh dollar daromadi bilan argentinalik Lionel Messi ro`yxatning ikkinchi pog`onasidan joy oldi. Messining klubdan olgan daromadi 42 millionni tashkil qilgan bo`lsa, qolgan daromadi Adidas, Samsung, Pepsi, Turkish Airlines va Herbalife bilan hamkorlikdan tushdi.
Uchinchi o`rin "PSJ" futbolchisi, shvesiyalik Zlatan Ibroximovichga nasib etdi. U o`tgan yili klubdan 30 million dollar va yana 4 million AQSh dollarni Volvo reklamasidan olgan.
Keyingi pog`onalardan "Barselona" hamda "Monako" futbolchilari Neymar (28 million) va Falkaolar (26 million) joy egallashdi.