AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta`lim muassasasida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta`lim muassasasida bo`ldi'ning rasmi

Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalar bog`chalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangilari barpo etilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida 343 ta maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyat ko`rsatmoqda, deya xabar Prezident matbuot xizmati.

54-maktabgacha ta`lim muvssasasi 280 o`ringa mo`ljallangan.Bog`cha binosi o`tgan yili kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Bu erda 31 nafar pedagog va tarbiyachi bolalarga g`amxo`rlik ko`rsatib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari bog`chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

Bog`chada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlang`ich rivojlantirish markazi faoliyati haqida ma`lumot berildi.

Shavkat Mirziyoev maktabgacha ta`limning uslubiyatini takomillashtirish, malakali tarbiyachilar tayyorlash bo`yichk ko`rsatmalar berdi.


    Boshqa yangiliklar