AsosiyDunyo

Aslida ayol bo`lgan “erkak” bir necha marotaba uylanib, boyib ketdi

'Aslida ayol bo`lgan “erkak” bir necha marotaba uylanib, boyib ketdi'ning rasmi

Hindistonning Uttarakxand shtati polisiyasi o`zini erkak deb tanishtirgan va kelinning sepi uchun bir marotaba uylangan Krishna Sen (Krishna Sen) ismli ayolni qamoqqa oldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Polisiyaga Senning birinchi xotinining ota-onasi ariza bilan murojaat qilishdi. Ular kuyovlari qonunga zid ravishda do`q-po`pisa bilan sep uchun 850 ming rupiyani tortib olganligini ma`lum qilishdi.

So`roq vaqtida Sen polisiyachilarni shubhalantirgani uchun u tibbiy ko`rikka yuborildi. Tekshiruv natijasida ularning qarshisida erkak emas, balki ayol turganligi ma`lum bo`ldi.

Ma`lum bo`lishicha, Sen to`ydan keyin tezda birinchi rafiqachi bilan ajrashgan va 2017 yilning aprel oyida boshqa ayolga uylangan.

“Kuyov” kelinlarni ham shubhalantirgan. U hech qachon rafiqalarining oldida echinmagan va ularga yaqinlashmagan. Sen asosan erkaklar bilan do`stlashgan, erkaklar hojatxonasiga qatnagan va hattoki yurish-turishi ham erkakcha bo`lgan.

“Sochini erkakcha kaltalatgan, yurish-turishi, kiyimi bilan Sen erkaklardan deyarli farq qilmaydi”, dedi polisiyachilardan biri. Sen polisiyachilarga bir umr erkak bo`lishni orzu qilganligini ma`lum qildi.

Nashrning ma`lum qilishicha, u ilgari Sviti nomi bilan mashhur bo`lgan. Hindistonda 1961 yilda kelinlarga katta sep berish taqiqlanganiga qaramay, bir necha asrlik mazkur an`ana hamon o`z kuchini yo`qotmay kelmoqda. Kelinning ota-onasi kuyov tomonga pul, kiyim-kechak va taqinchoqlar sovg`a qiladi.

    Boshqa yangiliklar