Peshku tumanida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu xaqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Davlatimiz rahbari o`tgan yili viloyatda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.
Shavkat Mirziyoev Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta`minlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish o`rni yaratilishi rejalashtirilganini ta`kidladi.
Sanoat, qishloq xo`jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o`rni yaratgan sub`ektlarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash, mahalliy byudjetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Joylardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi turmushi uchun qulayliklarni oshirishga e`tibor qaratilmoqda.