Prezident Buxoro shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Siyosat 17.02.2018, 12:50
Prezident Buxoro shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezidentimizning o`tgan yilgi tashrifidan so`ng Buxoro viloyatida keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi uy-joylar, yo`lar, savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari, madaniyat va sport majmualari qurilib, foydalanishga topshirildi, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati.

Bu boradagi ishlar bugun ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Buxoro shahridan Kogon shahrigacha bo`lgan yo`lning ikki chetida arzon ko`p qavatli uy-joylar barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu uy-joylar qurilish uchastkasida bo`ldi.

O`tgan yili may oyida boshlangan qurilish ishlari 27 ta pudrat tashkilotlari tomonidan olib borilmoqda. Ushbu 39 ta ko`p qavatli turar joy bitgach, 1024 ta oila o`z uyiga ega bo`ladi. Shu paytgacha shaharda buncha ko`p qavatli uy qurilmagan. Uylarni joriy yil mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Turar joylarni tez va sifatli qurish, bunda zamon talablari va aholi ehtiyojlarini hisobga olish, barcha ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish zarurligi ta`kidlandi.

Shu erda Buxoro shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari haqida ma`lumot berildi.

Ulardan biri - Islom Karimov ko`chasi qiyofasini o`zgartirish loyihasidir. Unga muvofiq, ko`chaning ikki tomonida zamonaviy binolar, yashil hududlar, dam olish maskanlari va boshqa ob`ektlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ibn Sino, Ayniy, Hamza, Iqbol va boshqa ko`chalarda ko`p qavatli uylar, savdo markazlari, maishiy xizmat ob`ektlari barpo etilmoqda. Bu aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta`minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz loyihalarni takomillashtirish, sifat va muddatga amal qilish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1