O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasiga muvofiq tizimdagi birlashma va tuzilmalarning vazifalari takomillashtirildi. Qo`shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta`minlanishi yangi bosqichga ko`tarildi. Harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga talablar oshirildi.
Harbiy qismda mudofaa tizimidagi islohotlarning borishi, Buxoro harbiy ma`muriy sektori faoliyati haqida axborot berildi.
Xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo`lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyov. Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo`shishi zarur.
Prezidentimiz harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofiserlar bilan suhbatlashdi.