1

Qush bilan tuqnashib ketgan samolyot aeroportga qaytib keldi

Dunyo 10.05.2014, 11:06
Qush bilan tuqnashib ketgan samolyot aeroportga qaytib keldi

AQShning USA Airways aviakompaniyasi samolyoti La Guardiya aeroportida favqulodda qo`ndi.  

Fox News telekanalining xabar qilishicha, Vashington tomon uchayotgan samolyot qush bilan to`qnashib ketganligi sababli aeroportga qaytib kelgan.

Voqea jumadan shanbaga o`tar kechasi, bortida 96 yo`lovchi hamda 5 nafar ekipaj a`zolari bo`lgan Airbus A319 layneri bilan sodir bo`ldi.  Telekanal qayd etishicha, parvozga ko`tarilgan samolyot qush bilan to`qnashib ketgan, uchuvchi  esa ortga qaytishga qaror qilgan. 

Voqeadan so`ng, barcha yo`lovchilar boshqa reyslar orqali Vashingtonga yo`naltirildi. Jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.

AQSh fuqarolar aviasiyasi federal boshqarmasi ushbu voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Chorshanba kuni aynan shu aeroportdan uchgan United Airlines samolyoti qo`sh bilan to`qnashib ketgan edi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1