11 may kuni Kongo Demokratik Respublikasining Kinshas shahrida mahalliy ikki mashhur klub muxlislari o`rtasida janjal bo`lib o`tdi.
Oqibatda 15 kishi halok bo`ldi, 20 kishi jarohatlandi . Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
“Mazembe” hamda “Vita klub” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda mehmonlar 0:1 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuv oxirida muxlislar maydonga toshlar uloqtirishdi va hakam uchrashuvni bir necha bor vaqtinchalik to`xtatib turishga majbur bo`ldi. Shundan so`ng ikki klub muxlislari o`rtasida janjal yuzaga kelgan.
Shuningdek, kecha Rossiya chempionatida shunga o`xshash holat sodir bo`ldi. "Zenit" o`z maydonida "Dinamo"dan 2:4 hisobida mag`lubiyatga uchrab turgan vaqtda, sankt peterburglik muxlislar tribunalardan maydonga tushib ketganlar va ikki jamoa futbolchilari tomon yugurganlar. Uchrashuv hakami Sergey Ivanov futbolchilarni kiyinish xonasiga olib kirib ketgan.





