1

Yapon OAVlari sayyohlik borasidagi islohotlarni olqishlamoqda

Siyosat 20.02.2018, 11:53
Yapon OAVlari sayyohlik borasidagi islohotlarni olqishlamoqda

Yaponiyadagi “NHK” teleradiokompaniyasining yangiliklar dasturlarida hamda Kunchiqar mamlakat qator elektron nashrlarida O`zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun viza berish tartibi soddalashtirilgani mavzusiga tez-tez murojaat qilinmoqda.

Xabar berilayotganidek, mamlakatimiz rahbariyati, jumladan, xorijlik mehmonlar uchun viza berish tartibotini soddalashtirish vositasida sayyohlikni yanada yuqori darajaga ko`tarish niyatidadir. 2018 yil 10 fevraldan e`tiboran respublika hukumati 39 mamlakat fuqarolari uchun sayohlik vizasi olinishi tartibini engillashtirdi. Bundan tashqari, 7 mamlakat aholisi – Yaponiya, Isroil, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Janubiy Koreya fuqarolari vizasiz 30 kun O`zbekistonda bo`lishlari mumkin.

“Jahon” axborot agentligi bergan xabarda, yapon ommaviy axborot vositalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil oxirida o`z vazifasi ijrosiga kirishganidan buyon izchillik bilan mamlakatning dunyoga ochiqligini ta`minlashga yo`naltirilgan faol siyosat olib borayotgani ta`kidlagani aytib o`tilgan. Bunday chora-tadbirlar milliy iqtisodiyot rivojlanishida sayyohlik jabhasining hissasini salmoqli darajada oshirishga qaratilgani bilan e`tiborga molikdir.

“Insoniy kapitalga - 32 milliondan ziyod aholiga ega bo`lgan O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim va yirik mamlakat hisoblanadi. Uning Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlari YuNESKO Butunjahon merosi ro`yxatidan joy olgan. Amaliy islohotlar natijasida 2017 yili O`zbekistonga kelgan yapon sayyohlarining soni birinchi marotaba 9,5 ming kishini tashkil etdi”.

Xabar-maqolalarda O`zbekistonning Yaponiyadagi elchisi G`ayrat Fozilovning intervyusi tafsilotlariga ham alohida e`tibor qaratilgan. O`zbek diplomati vizasiz rejim yo`lga qo`yilgani munosabati bilan yanada ko`plab yaponlar o`zbek xalqining boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishlariga umid bildirgani ma`lum qilingan. Shu bilan birga, O`zbekiston elchisi bunday sa`y-harakatlar Toshkent va Tokio o`rtasidagi strategik sheriklik va iqtisodiy hamkorlik munosabatlari mustahkamlanishiga qo`shimcha omil bo`lib xizmat qilishini ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1