1

«Sevol» kemasi qutqaruv ishlari qayta boshlandi

Dunyo 13.05.2014, 10:33
«Sevol» kemasi qutqaruv ishlari qayta boshlandi

Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan “Sevol” kemasi qutqaruv ishlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtinchalik to`xtatilgan edi. Frans Press nashrining xabar berishicha, seshanba kuni qutqaruv ishlari qayta davom ettirildi.

Qutqaruv ishlari 10 may kuni kuchli shamol va dengizdagi to`lqinlar sababli vaqtincha to`xtatilgan edi. 

Sohil qo`riqlash xizmati vakili Kxo Myun-Suk xabar berishicha, 16 nafar g`avvosdan iborat bo`lgan guruh qidiruv ishlariga kirishishgan.

Eslatib o`tamiz, bortida 476 kishi bo`lgan "Sevol" yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ularning ko`p qismi Chujudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilari bo`lgan.

Hozirga kelib, 275 kishining jasadi topilgan, 29 kishining tadqiri noma`lumligicha qolmoqda, 172 kishi esa omon qolgan.   

Kema halokati yuzasidan jinoiy ish ochilgan va 20 nafarga yaqin kishi polisiya tomonidan qo`lga olingan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1