O`tgan haftada O`zbekistonda 270 ta yong`in holati yuz berdi. Bu haqda IIV YoXBB xabarida ma`lumot berildi.
"Pravda Vostoka" nashrining xabar berishicha, o`t o`chiruvchilarning sa`y-harakatlari bilan 1,3 mlrd. so`mlik tovar-moddiy boyliklar hamda 1,335 mlrd so`mlik qurilish inshootlari saqlanib qolingan.
Ma`lumotlarga ko`ra, yuz bergan yong`inlar oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo`q.





