AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi Inxa universitetiga onlayn ro`yxatdan o`tish jarayoni boshlandi

Joriy yilning 7 mayidan boshlab Toshkent shahridagi Inxa universitetiga onlayn ro`yxatdan o`tish jarayoni boshlandi.

Universitetda o`qish istagida bo`lgan abiturientlar Toshkent shahridagi Inxa universitetining www.inha.uz veb-sayti orqali elektron so`rovnomani to`ldirishlari mumkin.
Avval xabar berganimizdek, abiturientlar Toshkent shahridagi Inxa universitetining Axborot va kommunikatsiya injiniringi hamda Kompyuter fanlari va injiniringi fakultetlaridan biriga hujjat topshirishlari mumkin.
Onlayn ro`yxatdan o`tish jarayonida abiturient tomonidan o`zi haqidagi ma`lumotlar, xususan, abiturientning to`liq ism-sharifi, tug`ilgan yili, oyi va kuni, fuqarolik pasporti to`g`risidagi ma`lumot, fotosurat, IELTS (Xalqaro ingliz tili test tizimi) sertifikati natijasi, ta`lim olgan muassasasi nomi va manzili va boshqa ma`lumotlar kerak bo`ladi.
Shuningdek, abiturientning tarjimai holi (500 so`zdan oshmagan), mazkur yo`nalishni tanlashining maqsadi va sabablariga bag`ishlangan insho (800 so`zdan oshmagan), shuningdek abiturientning o`ziga xos qobiliyati, iste`dodi to`g`risida ham 700 so`zdan oshmagan ma`lumot kiritilishi lozim.
Eslatib o`tamiz, onlayn ro`yxatdan o`tish muddati 2014 yil 7 maydan 20 iyungacha davom etadi. Onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlar hujjatlarni Toshkent shahridagi Inxa universitetining qabul komissiyasiga joriy yil 6 iyundan 20 iyunga qadar taqdim etishlari zarur.

 

    Boshqa yangiliklar