1

Avstraliya yo`qolgan Boeing qidiruv ishlariga $84 mln sarflaydi

Dunyo 14.05.2014, 10:31
Avstraliya yo`qolgan Boeing qidiruv ishlariga $84 mln sarflaydi

Avstraliya hukumati mart oyida Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo`qolgan Boeing layneri qidiruvi uchun 84 million AQSh dollari sarflashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi AP axborot agentligi. 

Nashrning yozishicha, ushbu mablag` mamlakat byudjetidan ajratilishi seshanba kuni taqdim etilgan hujjatlarda ko`rsatilgan.  

Qayd etilishicha, qidiruv ishlari harajatlari suv osti ishlari narxi va muddati bilan bog`liq.  

Ekspertlarning ta`kidlashicha, Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning qidiruv ishlari tarixda eng qimmati bo`ladi. Qirollik qurolli kuchlari instituti ma`lumotlariga ko`ra, ushbu mablag` yoqilg`i, qurilmalar almashtirishga, kemani oziq-ovqat bilan ta`minlashga sarflanadi. 

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 nafar yo`lovchi hamda 12 ekipaj a`zosi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1