AsosiySiyosat

ShHT MATT Kengashining 32-majlisi Toshkentda bo`lib o`tadi

'ShHT MATT Kengashining 32-majlisi Toshkentda bo`lib o`tadi'ning rasmi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining o`ttiz ikkinchi majlisi shu yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tadi. Bu haqda “Xalq so`zi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Qirg`iziston raisligida ShHTga a`zo davlatlar vakolatli organlari huquqiy ekspertlari guruhining ShHT MATT Kengashi 32-majlisiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha yig`ilishi bo`lib o`tgan.

Unda 2018 yil aprel oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan ShHT MATT Kengashi majlisi kun tartibi masalasi muhokama qilingan.

Mazkur tuzilma Ijroqo`mi direktori Evgeniy Sisoev Hindistonga qilgan tashrifi davomida Hindistonning milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xan va ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan ham ishchi uchrashuvlar o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar