1

Turkiyada shaxta portladi: 201 kishi halok bo`ldi

Dunyo 14.05.2014, 14:58
Turkiyada shaxta portladi: 201 kishi halok bo`ldi

Turkiyada shaxtadagi portlash oqibatida 201 kishi halok bo`ldi, 80 nafarga yaqin konchilar shifoxonaga yuborildi, yana 200 nafardan ortig`i shaxta ichida qolmoqda. 

"Vaqt bizga qarshi chiqmoqda, shu tufayli qurbonlar soni ortishi mumkin. Hozirgi vaqtga kelib 201 kishi halok bo`ldi, evakuasiya qilinganlardan 80 nafari yaralangan. Yana 200 nafardan ortiq konchilar shaxtada qolmoqda",-deydi Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Taner Yildiz.

Halokat Manisa provinsiyasidagi Soma shahrida yuz berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, 150 metr chuqurlikda joylashgan transformator stansiyasidagi portlash ko`chkiga sabab bo`lgan. Shaxtada bo`lganlarning umumiy soni 787 kishi bo`lgan. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

Hozirda fojea sabablari aniqlanmoqda. Tahminlarga ko`ra, portlashga stansiyadagi qurilmalardan biridagi nosozlik sabab bo`lgan. Qurbonlarning ko`p qismi gazdan zaharlanish oqibatida halok bo`lgan. Hozirda er ostiga kislorod yuborilmoqda. Ammo, gaz miqdori hali ham ko`pligicha qolmoqda. Hozirda qutqaruvchilar bo`laklar ostida qolgan konchilarga etib borishga harakat qilishmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1