1

«Sevol»ning to`rt nafar ekipaj a`zosiga qotillik ayblovi qo`yildi

Dunyo 15.05.2014, 09:58
«Sevol»ning to`rt nafar ekipaj a`zosiga qotillik ayblovi qo`yildi

Aprel oyida cho`kib ketgan “Sevol” kemasining 4 nafar ekipaj a`zolariga qasddan bo`lmagan qotillik ayblovi qo`yildi, deya xabar bermoqda Renxap. 

Ushbu qarorni prokurorlar kema kapitani, uning ikki yordamchisi hamda yuzlab yo`lovchilarni evakuasiya qilmagan kema bosh muhandisiga nisbatan chiqarishdi. 
Eslatib o`tamiz, bortida 476 kishi bo`lgan “Sevol” yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ularning ko`p qismi Chejudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilari bo`lgan.
Hozirga qadar 281 kishining jasadi topilgan, 23 kishining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda, omon qolganlar soni 172 nafarni tashkil qildi.   

Kema halokati yuzasidan jinoiy ish ochilgan, 20 nafarga yaqin kishi polisiya tomonidan qo`lga olingan. Tergovchilar bergan ma`lumotlarga ko`ra, kapitan yo`lovchi qiyofasida cho`kayotgan kemani birinchilardan bo`lib tark etgan. Bundan tashqari, yo`lovchilar kema ekipaji odamlarni evakuasiya qilishning o`rniga ularni o`z joylarida qolishga chaqirishganini aytishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1