1

Turkiya shaxtasidagi halokat qurbonlari soni 274 nafarga etdi

Dunyo 15.05.2014, 10:39
Turkiya shaxtasidagi halokat qurbonlari soni 274 nafarga etdi

Turkiyaning Manisa provinsiyasidagi ko`mir shaxtasida yuz bergan halokat qurborlari soni 274 nafarga etdi, bu haqda mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri Taner Yildiz xabar qiladi. 

ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, ushbu hodisa tog`-kon sanoati tarixidagi eng yirik halokatga aylandi. 1992 yilda Zonguldak provinsiyasidagi shaxtada metan portlashi oqibatida 263 kishi halok bo`lgan edi. 

“Hozirda bizga vaqt qarshi chiqmoqda. Er ostidagi yong`in o`chmayapti”,-deydi vazir. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Taner Yildizning aytishicha, 196 nafar konchining jasadi qarindoshlariga berilgan, kasalxonada esa 60 nafar konchi qolmoqda.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1