AsosiyJamiyat

Nukusdagi kesishma yo`llarga videonazorat kameralari o`rnatiladi

'Nukusdagi kesishma yo`llarga videonazorat kameralari o`rnatiladi'ning rasmi

O`zbekistondagi yo`l belgilariga mas`ul "O`zavtoyo`lbelgi" davlat unitar korxonasi tomonidan joriy yil Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 ming 451 yo`l belgisi, Nukus shahrida 10 yangi svetofor, yo`llarning kesishmalarida 5 videonazorat kameralari o`rnatilishi rejalashtirilgan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ushbu kameralar yo`l-patrul xizmati inspektorlari faoliyatini ancha engillashtirishiga ishonch bildirmoqda.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, Nukus shahrida 5 ta joyda –Qoraqalpog`iston va Q.Redjepov, Ernazar Alako`z va Mateke Jumanazarov, Ollayor Dosnazarov va Mateke Jumanazarov, Beruniy va Ollayor Dosnazarov, O`zbekiston shoh ko`chasi bilan Beruniy ko`chalarining yo`l kesishmalariga videonazorat kameralari o`rnatiladi.

Bu videonazorat kameralari yo`l-transport hodisalarining yuz berish holatlari kamayishiga va oldi olinishiga xizmat qiladi.

2022 yilgacha Nukus shahrining deyarli barcha yo`l kesishmalariga jami 44 videonazorat kameralari o`rnatiladi.

    Boshqa yangiliklar