1

Avtomobilingiz 50 foiz yoqilg`i kam sarflashini istaysizmi?

Hi-tech 28.02.2018, 10:32
Avtomobilingiz 50 foiz yoqilg`i kam sarflashini istaysizmi?

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida avtotransport vositalarida yoqilg`i sarfini kamaytirish, havoga zaharli gaz chiqarish darajasini pasaytirishga xizmat qiluvchi yangi innovasion qurilma taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Malayziyaning “Amiran” texnologik kompaniyasi ishlab chiqargan gazgenerator qurilmasi avtomobilga o`rnatilgandan so`ng 50 foizgacha yoqilg`i tejaladi. O`z-o`zidan bosib o`tiladigan masofa 50 foizgacha uzayadi.

4.JPG

Kompaniya direktori o`rinbosari A`zam Al-Yahyoning ta`kidlashicha, ushbu qurilma tarkibida asosini suv tashkil qiluvchi kislorod-vodorodli yoqilg`i kapsulasi mavjud. U suv elektrolizi texnologiyasiga asoslangan kichik aksessuarlardan iborat. Gazgenerator qurilmasi atmosferani ifloslantiruvchi moddalar va zaharli gaz chiqindilarini kamaytiradi. Avtotransportning ravon harakatlashini ta`minlaydi.

Gazgenerator qurilmasi dvigatel haroratini pasaytirishi natijasida mashina moyi ko`proq muddatga etadi. U barcha turdagi avtotransport vositalari uchun mo`ljallangan. Engil avtomobillar uchun GX-300 modeli tavsiya etiladi. Har 10 ming kilometrdan so`ng qurilma ichidagi suv almashtiriladi.

3.JPG

O`rnatish juda oson. U avtomobil yukxonasiga ixcham tarzda o`rnatiladi. 5 yildan 10 yilgacha kafolati bor.

Taqdimotda Malayziyaning innovasion texnologiyalar ishlab chiqarish tajribasi va yutuqlari haqida so`z yuritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1