1

O`zbekiston Sharqiy Evropa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytiradi

Siyosat 28.02.2018, 10:40
O`zbekiston Sharqiy Evropa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytiradi

Kecha, 27 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Budapesht shahrida “Vishegrad guruhi” va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Vishegrad guruhi”da Vengriya raisligi doirasida taklif etilgan “V4 + Markaziy Osiyo” vazirlar forumida Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston delegasiyalari turli sohalardagi ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qildi.

O`zbekiston delegasiyasi chiqishida qayd etilganidek, mamlakatimiz mavjud iqtisodiy, intelektual va ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda “Vishegrad guruhi” davlatlari bilan o`zaro manfaatli va samarali aloqalarni kengaytirish tarafdoridir.

Mamlakatda keng ko`lamli islohotlar o`tkazish va chuqur o`zgarishlar olib borish, xorijiy sheriklar bilan, avvalo Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, ko`p yillik Afg`oniston muammosi nuqtai nazaridan mintaqada xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan siyosiy kun tartibning asosiy qismlari bilan uchrashuv ishtirokchilari tanishtirildi.

Forumda delegasiyalar tomonidan mintaqalararo hamkorlikning yangi formati umumiy shaklda qo`llab-quvvatlandi.

Shu kunning o`zida vazirlar forumida ishtirok etgan delegasiyalar rahbarlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1