1

O`zbekiston va Tojikiston Davlat chegarasi orqali 9 ta o`tish punkti ochildi

Siyosat 01.03.2018, 16:15
O`zbekiston va Tojikiston Davlat chegarasi orqali 9 ta o`tish punkti ochildi

2018 yilning 1 mart kuni O`zbekiston — Tojikiston Davlat chegarasi orqali 9 ta o`tish punkti tantanali ravishda ochildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa “Jartepa” (“Sarazm”), “Qushkent” (“O`ra-Tepa”), “Uchqo`rg`on” (“Havotog‘”), “Havastobod” (“Zafarobod”), “Bekabod” (“Hashtyak”), “Pop” (“Navbunyod”), “Ravot” (“Ravot”), “Gulbahor” (“Ayvaj”) avtomobil o`tkazish punktlari hamda “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo`li o`tkazish punkti o`z faoliyatini qayta boshlaydigan bo`ldi.

“Ko`lob-Moskva” yo`nalishi bo`ylab birinchi yo`lovchi poezdi “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo`li o`tkazish punkti orqali 2018 yil 7 mart kuni qatnashni boshlaydi.

Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali va do`stona muhitda o`tdi.
Ikki davlatning qardosh xalqlari sabrsizlik bilan kutgan mazkur voqealik endilikda fuqarolarning o`zaro qatnovini osonlashtirishga imkon yaratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1