1

Abdulaziz Komilov Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xajievni qabul qildi

Siyosat 01.03.2018, 16:35
Abdulaziz Komilov Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xajievni qabul qildi

2018 yilning 1 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xajievni qabul qildi.

V. Xajiev Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston — Turkmaniston qo`shma komissiyasining 14-majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan.

Uchrashuvda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Turkmaniston Prezidentining O`zbekistonga bo`lajak tashrifi amaliy jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi. Qayd etilganidek, oliy darajadagi O`zbekiston —Turkmaniston muntazam muloqoti davlatlararo aloqalarning ildam rivojlanishi uchun asosdir.

Suhbat chog`ida Toshkent shahrida mart oyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan tadbirlarga — Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg`oniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvlari va Afg`oniston bo`yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqildi.

Muzokaralarda Turkmaniston Elchisi Shiri Shiriev ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1