1

Donald Tramp Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi

Siyosat 01.03.2018, 17:44
Donald Tramp Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub yo`lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSh Prezidenti O`zbekiston Prezidentining Toshkentda bo`lib o`tadigan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya ta`rifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun bo`lganini qayd etdi.

Maktubda AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afg`onistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek mas`uliyat his qilishga undashi ta`kidlangan.

Donald Tramp O`zbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qo`llab-quvvatlashi, bu esa o`z navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yo`li bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afg`oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. O`tgan yili noyabr oyida Samarqandda bo`lib o`tgan konferensiya butun Markaziy Osiyo bo`ylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashra G`ani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.Sizning Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya o`tkazishga doir tashabbusingizni to`liq qo`llab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afg`onistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini ta`minlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy ma`muriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegasiyasi tarkibini ko`rib chiqmoqda.Samimiy va iliq so`zlaringiz, shuningdek, Afg`onistondagi birgalikdagi sa`y-harakatlarga qo`shayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O`zbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni etkazishingizni so`rayman.Yaqin orada Siz bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolaman.

Ehtirom bilan,

Donald Tramp,

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti/

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1