O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxondan ham muxlislari uchun qator bahoriy sovg`alar tayyor. Sardor Rahimxon: — "Bahor muborak azizilar! Bahorga sovg`alarimiz tayyor. Shu hafta yangi musiqiy albom sotuvga chiqadi. Sizlarning takliflaringiz asosida yangi musiqiy albomni "MEHR", deb nomladik. Mazkur musiqiy albomda siz sevgan qo`shiqlar qatorida bir nechta yangi qo`shiqlar ham o`rin olgan. “Sanamjon” qo`shig`ining «Prinsessa Leyli» nomli ruscha talqini shular jumlasidan. Sovg`alarimiz sizlarga yoqadi, degan umiddamiz. Yangi musiqiy albomni "Discovery" do`konlaridan harid qilishingiz mumkin. Yana bir bor bahor muborak!"
02.03.2018 13:07
Rahimxondan bahoriy fotosessiya va yangi musiqiy albom!
