1

Prezident "Mangold Konsalting" kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Siyosat 02.03.2018, 16:08
Prezident "Mangold Konsalting" kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning "Mangold Konsalting" kompaniyasi boshqaruvi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O`zbekistonda Germaniyaning etakchi kompaniyalari bilan o`zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini alohida ta`kidladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Germaniyaning "MAN", "Klaas", "Lemken", "Knauf" kabi o`z sohasida etakchi bo`lgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. "Simens", "Bosh", "Vismann", "Xumana" va ko`plab boshqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investisiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Germaniyadan O`zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investisiyalar hajmi 1 milliard dollarini tashkil etadi.

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan O`zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini ochish, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizasiya qilish, savdo-sotiq va qo`shma loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

"Mangold Konsalting" kompaniyasiga raislik qilish bilan birga turizm sohasida eng yirik kompaniyalardan biri bo`lgan "TUI grup" kuzatuv kengashining rahbari sanaladigan Klaus Mangold O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga muloqot qilish ish imkoniyati hamda Germaniya ishbilarmon doiralarining mamlakatimizdagi loyihalari va takliflariga ko`rsatilayotgan har tomonlama ko`mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O`zbekiston bilan keng ko`lamli va o`zaro manfaatli biznes-sheriklikdan g`oyat manfaatdor ekanini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1