Bugun, 6 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir qator elchilarni tabrikladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazir Amerika Qo`shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlen, Fransiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biet de Vilmor, Misr Arab Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani Al-Itr, Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Syan Yang va BMT vakolatxonasining rahbari Helena Freyzer bilan uchrashdi.
Abdulaziz Komilov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomidan O`zbekiston va chet elda keng nishonlanadigan bahor bayrami munosabati bilan O`zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini iliq muborakbod etdi va ularga sihat-salomatlik, baxt va har tomonlama omad, ularning faol va samarali ishlari va O`zbekiston bilan AQSh, Fransiya, Misr, Xitoy va BMT o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo`shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun minnatdorlik bildirdi.






