1

Shavkat Mirziyoevni Dushanbeda minglab tojikistonliklar kutib olishadi

Siyosat 06.03.2018, 14:37
Shavkat Mirziyoevni Dushanbeda minglab tojikistonliklar kutib olishadi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni Dushanbeda minglab aholi kutib oladi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

"9-10 mart kunlari O`zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi aeroportdan vaqtinchalik qarorgohga qadar minglab aholi tomonidan ikki mamlakat davlat bayroqlari va shiorlar bilan qarshi olinadi", — deyiladi xabarda.

Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tadi.

Bundan tashqari, O`zbekiston rahbarining Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov va mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Oliy martabali mehmonni rasman qabul qilish marosimi millatlar saroyida bo`lib o`tadi, so`ngra Tojikiston va O`zbekiston prezidentlarining "birga bir" shaklidagi muloqotlari o`tkaziladi.

Muloqot yakuniga etganidan keyin ikki davlat rasmiy delegasiyalarining kengaytirilgan shakldagi muzokaralari bo`lib o`tadi, so`ngra ikki davlat o`rtasidagi davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar imzolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1