Qoraqalpog`istonlik qilichboz Zaynab Dayibekovaga oxirgi 79 kun ichida ikkita avtomobil sovg`a qilindi. Bu haqda O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboev o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev o`tgan yilning 15-16 dekabr kunlari Qoraqalpog`istonga amalga oshirgan safari davomida qilichbozlik bo`yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga Nexia mashinasini sovg`a qilgandi. Yil yakunlariga ko`ra, u O`zbekistonda yilning eng yaxshi qilichbozi sifatida e`tirof etildi.
Shuningdek, Zaynab Dayibekova 22 fevral - 5 mart kunlari Dubayda o`tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi. Nufuzli musobaqada erishgan ushbu natijasi uchun sportchiga Spark avtomobili topshirildi.






