Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 mart kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Kechasi 5-7, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi. Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho`l hududlarida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Qor ko`chishi xavfi bor. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.






