Avvalroq Ozarbayjonning Boku shahridagi narkodispanserda yong`in sodir bo`lgani xaqida xabar bergan edik.
Yong`in natijasida 26 kishi halok bo`ldi va yana bir qancha odamlar jabrlandi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra yong`in elektr energiyasining chaqnashi oqibatidan kelib chikkan deb taxmin qilingan edi.
Xuquq tartibot organlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko`ra narkodispanserda yong`in davolanayotgan bemor Magomed Mamedov tomonidan sodir etilgani aniqlandi. U ko`p ichkilik oqibatida ruhiy kasallikka chalingan. Jinoyatchi hibsga olindi, tergov harakatlari davom etmoqda.






