BMTning Rakxayn shtatida gumanitar yordamning etkazilishiga barcha sharoitlarni yaratishga chaqiriqlariga qaramay Myanmada roxinja elatini uylaridan quvib chiqarish va qirg`inlar davom etmoqda. Frans-press agentligining xabar berishicha, bu haqda BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo`yicha yordamchisi Endryu Gilmor bayonot bergan.
Gilmorning ta`kidlashicha, ularni siquvga olinishi “terror va ocharchilik” fonida davom etmoqda va bu ularni uylarini tashlab chiqib ketishga turtki berayapti.
Fevral oyida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish roxinja elatini o`z uylaridan quvilishini “etnik qirg`in” deb atagandi. U o`shanda Myanma hukumatidan xalqaro gumanitar yordam kuchlarini Rakxayn shtatiga etib borishiga ko`mak berishni so`ragan.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning 25 avgust kuni “Roxingyalarni qutqarish Arakan armiyasi” harakati jangarilari Rakxayn shtatidagi 30 ta polisiya punktiga hujum qilgandi. Xavfsizlik kuchlari hududda qurolli amaliyotlarni boshlagan. Rasmiy ma`lumotlarga qaraganda, to`qnashuvlarda 400 dan ko`p inson halok bo`lgan. BMT dalillariga qaraganda, Myanmadan Bangladeshga 690 ming roxinja qochgan.






