AsosiyJamiyat

Yurtimizda “Kitob bayrami” boshlandi

Bugun G`afur G`ulom nomidagi Madaniyat va istirohat bog`ida Respublika “Kitob bayrami” boshlandi. Uning doirasida turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tkaziladi.

Tadbirlar nafaqat poytaxtda, balki Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyat markazlarida ham o`tkaziladi. Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2014 yil 1 may holatiga 108 ta nashriyot, 1750 ta matbaa korxonasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan. Respublika nashriyotlari tomonidan har yili 2 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 40 mln. nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda.

Respublika “Kitob bayrami”da yurtimizda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari o`z kitob mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqdalar.

Bayram kunlarida ishtirokchi nashriyotlar tomonidan so`nggi yillarda chop etilgan 250 dan ziyod nomdagi yangi kitoblarining taqdimotlari, Xalq shoirlari va yozuvchilari, o`nlab taniqli va yosh-iste`dodli adib va shoirlar hamda noshir va matbaachilar bilan muloqotlar bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar