AsosiyJamiyat

IIV: 5 martdan boshlab O`zbekistonda maxsus tadbir o`tkaziladi

'IIV: 5 martdan boshlab O`zbekistonda maxsus tadbir o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yil 5 martdan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan respublika miqyosida qurol-yarog` va xavfli moddalarning noqonuniy muomalasini oldini olishga qaratilgan maxsus tadbir o`tkazilayotgan bo`lib, tadbirlar 15 martga qadar davom etadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Eslatib o`tamiz!

Tegishli ruxsatnomasiz o`qotar qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo`ladi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasining 4-qismi hamda Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 14 avgustdagi 179-son buyrug`i bilan tasdiqlangan Muomalada bo`lgan ro`yxatga olinmagan o`qotar qurol va uning o`q-dorilarini, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish Qoidalarining 2-bandiga muvofiq bunday o`qotar qurolni, o`q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini erkin tarzda o`z ixtiyori bilan topshirgan fuqaro qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Ushbu hujjatlarga asosan fuqaro o`qotar qurolni, o`q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini erkin tarzda o`z ixtiyori bilan topshirish to`g`risida qarorga kelsa va uning o`zi ushbu ashyolarni topshirish haqida ichki ishlar organlariga yozma yoki og`zaki ravishda murojaat qilsa, u ashyolarni o`z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi.

O`zlarida noqonuniy saqlanib kelinayotgan o`qotar qurolni, o`q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o`z ixtiyori bilan topshirishga istak bildirgan fuqarolar yozma yoki og`zaki ravishda ariza bilan bevosita yoki telefon orqali yoki o`zga elektron vositalardan foydalangan holda, shuningdek o`zining yashash joyi yoki o`qotar qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalar saqlanayotgan joy bo`yicha hududiy ichki ishlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar