London shahrida amaliy tashrif bilan mehmon bo`lib turgan Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy merosni tadqiq etish markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi vakillaridan iborat delegasiya Buyuk Britaniya kutubxonasi ma`muriyati bilan uchrashuv o`tkazdi.
Kutubxona vakillari Kristian Jensen, Kolin Beker, Luiza Mengoni, Janet Zmrojek bilan suhbatda Buyuk Britaniya kutubxonasi dunyodagi qo`lyozma, kitob, xarita, jurnal va boshqa manbalarning eng boy fondiga ega kutubxona hisoblanishi, unda 150 milliondan ziyod manba saqlanishi ta`kidlandi. Kutubxonaga har yili 3 million yangi adabiyot qo`shiladi, kuniga o`rtacha 16 000 kitobxon tashrif buyuradi. Agar kuniga Buyuk Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan 5 ta kitob o`qilsa, jami manbalarni o`qib tugatish uchun 18 000 yil kerak bo`ladi.
Uchrashuvda o`zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi, deb yozadi O`zA.