AsosiyJamiyat

Farg`onada vizasiz kelgan koreyalik ishbilarmon sayyohlar kutib olindi

'Farg`onada vizasiz kelgan koreyalik ishbilarmon sayyohlar kutib olindi'ning rasmi

5 mart kuni Seul-Farg`ona yo`nalishi bo`yicha charter qatnovini bajargan parvoz qilgan «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 havo kemasida mamlakatimizga viza rasmiylashtirmasdan kelgan bir guruh ishbilarmon sayyohlar bilan Farg`ona xalqaro aeroportiga qo`ndi.

Aeroportda sayyohlar Farg`ona viloyati hokimiyati, Milliy aviakompaniya va O`zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi xodimlari OAV vakillari bilan birgalikda kutib olindi.

Koreya Respublikasi delegasiyasi rahbari, Evergreen Motors Group kompaniyasi boshlig`i Chang Keon Kim o`zbek uchuvchilarining yuksak mahoratini alohida qayd etib, parvozning muvaffaqiyatli kechganini ta`kidladi.

O`zbekistonga vizasiz to`rt kunlik safar bilan kelgan sayyohlar avvaliga Farg`onada joylashgan Qo`qon ochiq iqtisodiy zonasiga, Indorama Kokand textile MChJ, UzSungwoo kompaniyasi hamda Qo`qondagi me`moriy yodgorliklarga tashrif buyurishni rejalashtirishgan. Shuningdek, mehmonlar O`zbek-Koreya biznes forumida ishtirok etib, ikki davlat o`rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni o`tkazishni ham nazarda tutgan.

Seshanba kuni sayyohlar Farg`onadan Toshkentga jo`nab ketishdi. Sayohatlarining qolgan ikki kunida poytaxtning diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Ta`kidlash joizki, joriy yilning 10 fevralidan boshlab O`zbekiston Respublikasida Koreya, Singapur, Turkiya, Isroil, Malayziya, Indoneziya va Yaponiya fuqarolari uchun mamlakatga kirish kunidan boshlab 30 kun davomida vizasiz rejim amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar