1

​Braziliyada 6 daqiqa davomida samolyotdan 5 million AQSh dollarini o`g`irlashdi

Dunyo 07.03.2018, 10:24
​Braziliyada 6 daqiqa davomida samolyotdan 5 million AQSh dollarini o`g`irlashdi

Braziliyada bir guruh jinoyatchilar Lufthansa aviakompaniyasi samolyotidan 6 daqiqa davomida 5 million AQSh dollarini o`g`rilab voqea joyidan g`oyib bo`lishdi. Bu haqda Interfaks xabar qildi.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, besh nafar shaxs Virakopos aeroporti yuk ortish terminali hududiga pikap avtomobilida kirib borishgan. Shubha uyg`otmaslik uchun ular mashinaga aeroport xavfsizlik xizmati ramzlarining tasvirini tushirishgan. Gumondorlar xavfsizlik xodimlariga qurol bilan tahdid qilishgani aytilmoqda.

Samolyot San-Pauludan Syurixga ketayotganida Virakoposda to`xtagan. O`g`irlangan pullar Brink's kompaniyasi (qimmatliklarni maxsus etkazib beruvchi) tomonidan belgilangan manzilga etkazib berilishi kerak edi. Pullar kimga tegishli bo`lgani sir saqlanmoqda.

Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1