AsosiyJamiyat

MTS O`zbekistonga qaytish borasida deyarli bir to`xtamga keldi

Rossiyaning MTS uyali aloqa operatori O`zbekiston hukumati bilan mamlakatda o`z faoliyatini yana tiklash to`g`risida deyarli kelishib oldi. 

Bundan tashqari MTS mahalliy kompaniya ulushidan O`zbekistonga ham berishi mumkin. RIA agentligining xabar qilishicha, bu haqda MTSni nazorat qiluvchi Sistema  kompaniyasi rahbari va egasi Vladimir Evtushenkov jurnalistlarga ma`lum qilgan. 

“Biz barcha kelishuvlarga erishdik, faqatgina amalga oshirsa bo`ladigan yana bitta shart qoldi. Ular qaytishimizni juda ham istashmoqda. Kelisha olsak, shu yili qaytamiz,-deydi Evtushenkov. 

Eslatib o`tamiz, 2012 yilning iyul oyida  MTSning O`zbekistondagi sho``basi  Uzdunrobita operatorining lisenziyasi qaytarib olingan edi. O`shanda kompaniyaga 600 mln AQSh dollar miqdorida da`volar qo`yilgan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Ushbu jarimani to`lay olmaslik munosabati bilan 2013 yilning yanvarida  "Uzdunrobita" bankrot bo`lgani haqida ma`lum qilgan.

MTSning O`zbekistonga qaytish muddati aniq ma`lum qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar