1

Ummonga qarshi o`yinlarni o`zbekistonlik xakamlar boshqaradi

Sport 23.05.2014, 11:51
Ummonga qarshi o`yinlarni o`zbekistonlik xakamlar boshqaradi

O`zbekiston milliy terma jamoasining 27 va 29 may kunlari Ummon milliy terma jamoasiga qarshi bo`lib o`tadigan o`rtoqlik uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.

27 may, seshanba kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasi stadionida bo`lib o`tadigan O`zbekiston va Ummon milliy terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik uchrashuvini o`zbekistonlik FIFA referisi Vladislav Seytlin boshqarib boradi. Unga qanotlarda toshkentlik Temur Gaynullin va Toshkent viloyatidan Andrey Sapenko yordam beradi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

29 may, payshanba kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tadigan ikkinchi uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Ushbu o`yinda Ermatov Braziliyada bo`lib o`tadigan 2014 yilgi jahon chempionati bahslarida ishtirok etadigan tarkibi bilan ishtirok etadi – qanotlarda unga o`zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg`izistonlik Bahodir Qo`chqorov yordam beradi.

Eslatib o`tamiz, har ikkala o`yin mahalliy vaqt bilan 19:00da boshlanadi. Uchrashuv chiptalari 7 va 10 ming so`mdan sotuvga chiqariladi. Uchrashuvlarni yoritish istagida bo`lgan OAV xodimlari O`zPFL tomonidan Oliy Liga, O`zbekiston Kubogi va O`zbekiston Birinchiligi o`yinlari uchun berilgan akkreditasiyalar bilan kirishlari mumkin.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlikni 24 may, shanba kuni boshlaydi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Toshkentda boshlanadigan yig`inga 30 nafar futbolchini taklif qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1