Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikistonga jo`nab ketdi

Siyosat 09.03.2018, 09:18
Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikistonga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga jo`nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikasiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o`zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokara yakunlari bo`yicha Prezidentlarning Qo`shma bayonoti, O`zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to`g`risida shartnoma, Fuqarolarning o`zaro qatnovi to`g`risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashrif doirasida o`tkaziladigan biznes-forum va O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasida tijoriy shartnomalar va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperasiyaga oid bitimlar imzolanishi ko`zda tutilgan. Ikki mamlakat san`at ustalari ishtirokida konsert tashkil etilishi ham mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1